TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Qamashi, Chiroqchi va G‘uzor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi, deb xabar qildi Qashqadaryo nashri.
Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev ishtirok etgan sessiyalarda tashkiliy masalalar ko‘rilgan.
Unga ko‘ra, Do‘stmurodov Faxriddin Omonovich Qamashi tumani hokimi etib, Azimov Rustam Juraqobilovich Chiroqchi tumani hokimi etib, Kulmatov Fozil Tulaganovich G‘uzor tumani hokimi etib tasdiqlangan.
Qamashi tumanini bir necha yildan beri boshqarib kelgan Maxammadiyev Rashid Urakovich, G‘uzor tumaniga ko‘p yillar rahbarlik qilgan Donayev Shomurod Xolboyevich hokim vazifalaridan ozod etilgan.
Nashr shuningdek, Chiroqchi tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Komilov Ravshan Alimovich Mirishkor tumani rahbarligiga o‘tganligi haqida avvalroq xabar berilgani haqida eslatib o‘tgan.