TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 20-mart, dushanba dam olish kuni deb e’lon qilindi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Muxbirning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni dam olish kunini 18-martdan 20-martga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Hujjatga muvofiq, Navro‘z umumxalq bayramining mamlakat ma’naviy hayotidagi ulkan roli va ahamiyati hisobga olgan holda hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 18-mart, shanba dam olish kuni dushanba, 20-mart kuniga ko‘chirilib, 18-mart ish kuni, dushanba, 20-mart dam olish kuni deb e’lon qilindi.