TOShKENT, 16 mar – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti Suma Chakrabarti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Uchrashuv dvomida YeTTB delegatsiyasi so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda erishilgan yutuqlar, olib borilayotgan tarkibiy o‘zgartirish va iqtisodni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, ishbilarmonlik va investitsiyalar uchun muhitini yaxshilashga yo‘naltirilgan islohotlar bilan batafsil tanishtirildi.
Uchrashuvda shuningdek YeTTB bilan hamkorlikning uzoq muddatli yo‘nalishlari muhokama qilindi hamda o‘zaro manfaatli bo‘lgan barcha sohalarda aloqalarni izchil rivojlantirish kerakligi e’tirof etildi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik dasturini ishlab chiqishga kelishib olindi.