TOShKENT, 16 mar — Sputnik. 24-mart kuni Toshkentda va boshqa viloyat markazlarida IT va kommunikatsiya sohasi mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Axborot texnologiyalari vazirligi matbuot xizmati.
Ushbu tadbirning maqsadi — yosh mutaxassislarga ish topishga yordam berish va tashkilotlarga IT sohasida kadrlar jalb qilish imkonini yaratishdir.
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan yarmarkaga IT va kommunikatsiya sohasida faoliyat yurituvchi 100dan ortiq korxonalar va davlat va xo‘jalik muassasalari jalb qilingan.
Ushbu yarmarkalarda 20 mingga yosh mutaxassislar va TUIT va uning hududiy bo‘limlari bitiruvchilari ishtirok etishi kutilmoqda. Undan tashqari axborot va ommunikatsiya texnologiyalari sohasiga ixtisoslashgan 72 kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ham ishtirok etishi kutilmoqda.