Marosimda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Anvar Sharapov so‘zga chiqib, rossiyaliklarni O‘zbekistonga taklif qildi.
Marosimga kelgan mehmonlarga O‘zbekistondagi sayyohlar uchun qiziq bo‘lgan yo‘nalish va tarixiy obidalar haqida aytib berishdi. Undan tashqari O‘zbekistonning tibbiyot va rekreatsiya imkoniyatlari ham namoyish qilindi.
Mehmonlar uchun "Sado" guruhi va milliy raqs ansambli ijrosida o‘zbekcha jozibali qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Taqdimot marosimiga kelgan barcha mehmonlar va jurnalistlar sharqona shirinliklar, palov, manti va kabob va turli noz-ne’matlar bilan siylandi.