O‘zgidromet sel xavfi haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Anatoliy Ustinenko / Mediabankka o‘tishSel
Sel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
17 mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17-mart kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0…+2 daraja, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +3 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +2…+7, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0…+5 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +1…+6 daraja salqin, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

16-18 mart kunlari Respublikaning tog‘li hududlarida ko‘chki bo‘lishi xavfi bor.

18-19 mart kunlari Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel ketishi xavfi bor.

Yangiliklar lentasi
0