O‘zbekistonda yana bir agentlik tugatiladi

© Sputnik / Ilya PitalevPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari qaroriga ko‘ra, agentlikni tugatish komissiyasi tasdiqlangan, komissiya a’zolariga tugatish ishlari bo‘yicha kompleks choralar ko‘rish vazifasi topshirilgan

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspert baholash agentligini tugatish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilgan.

Ushbu qaror investitsiya loyihalarini ishlab chiqish mexanizmini takomillashtirish va ularni tayyorlash jarayonini tezlashtirish, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash sifatiga salbiy ta’sir qilmaydigan ekspertiza tartibini soddalashtirish maqsadida qabul qilindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekistondagi bir vazirlik tugatildi

Davlat rahbari qaroriga ko‘ra, agentlikni tugatish komissiyasi tasdiqlangan, komissiya a’zolariga tugatish ishlari bo‘yicha kompleks choralar ko‘rish vazifasi topshirilgan. Bundan tashqari, investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralarga tender va loyihaoldi hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha o‘z kengashlarini tuzish topshirilgan.

"O‘zbekekspertiza" AJ tayyor holda topshiriladigan loyihalarni amalga oshirish doirasida sotib olinadigan uskunalar, texnika va texnologiyalarning narx ko‘rsatkichlari bo‘yicha import shartnomalarini ekspertizadan o‘tkazuvchi vakolatli organ sifatida belgilangan.

Hukumatga "O‘zbekekspertiza" faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, uning faoliyatiga eksport-import operatsiyalarini marketing jihatidan tahlil qilish sohasidagi, xususan, boshqa mutasaddi organlardan tajribali va malakali mutaxassislarni jalb etish vazifasi topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0