O‘zbekiston analog televideniyedan butkul voz kechadi

© Sputnik/Viktor TolochkoChelovek smotrit televizor
Chelovek smotrit televizor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil oxirigacha O‘zbekistonning yirik shahar va tuman markazlarida 66 ta kuchli raqamli teleuzatgichlar hamda olis aholi punktlariga kichik quvvatli 328 ta uzatgich o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston yer usti analog teleuzatish tarmog‘idan voz kechadi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sirojiddin Usmonovga tayanib "Podrobno.uz" ma’lum qildi.

Usmonovning aytishicha, Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasida yer usti analog teleuzatish tarmog‘ini o‘chirishni tashkil qilish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi tayyorlangan bo‘lib, hozirda loyiha mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

"Analog teleuzatgichlar faoliyati jadvalga muvofiq to‘xtatiladi, barcha muddatlar yuqorida aytilgan qarorda belgilanadi. Ko‘rsatilgan muddat tugagunga qadar analog televidenie raqamli televidenie bilan birgalikda faoliyat olib boradi.

Har qanday holatda ham ushbu jarayon bezarar kechadi. Masalan, hujjatda kam ta’minlangan oilalarga imtiyozli kredit hisobidan raqamli pristavkalar olib berish ko‘zda tutilgan", — dedi Usmonov.

2017 yil oxirigacha O‘zbekistonning yirik shahar va tuman markazlarida 66 ta kuchli raqamli teleuzatgichlar hamda olis aholi punktlariga kichik quvvatli 328 ta uzatgich o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0