«Navro‘z jilolari” deb nomlangan fotoko‘rgazmada suratchi turli yillarda, O‘zbekistonning turli burchaklarida Navro‘z bayrami arafasida suratgat olingan 70 dan ortiq fotosuratlari taqdim etilgan.
“Navro‘z kelmoqda. Ushbu bayram kelishi bilan barchaning yuragida quvonch paydo bo‘ladi. Barcha insonlar yaxshi niyatlar qila boshlaydi. Men ham bayram oldidan, odamlarga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida Navro‘zga bag‘ishlangan ushbu fotoko‘rgazmani tashkil qildim. Men, O‘zbekistonning barcha burchaklarida bo‘lib u yerda o‘ziga xos urf-odatlarga ega bo‘lgan Navro‘z chiroyini suratga olib, bugun Toshkentliklarga namoyish qilmoqdaman”, dedi fotorassom.
Ko‘rgazma 20-martga qadar davom etadi.