TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Bugun Suriya poytaxti Damashqda ikki terakt sodir bo‘ldi, o‘nlab odam qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Birinchi portlash Adolat saroyi vestibulida sodir bo‘ldi. Mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, portlash xudkush-terrorchi tomonidan binoga kirish joyida amalga oshirilgan. Al Jazeera telekanali xabariga ko‘ra, portlashda 31 kishi qurbon bo‘lgan, 60 kishi jarohatlangan. Ularning ko‘pchilligi og‘ir ahvolda.
Reports of suicide bombing in #Syria’s Palace of Justice in #Damascus Old City.
— Charles Lister (@Charles_Lister) 15 marta 2017 g.
Attack comes on 6th anniversary of revolution.
[stock pic] pic.twitter.com/omrW38hafE
Bundan biroz o‘tib Damashqda yana bir portlash sodir bo‘lgan. Suriya Xavsizlik xizmati xabariga ko‘ra, ikkinchi portlash Damashq shimoli-g‘arbidagi Ar-Rabva hududida joylashgan restoranlardan birida sodir bo‘lgan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Adolat saroyida sodir bo‘lgan teraktdan keyin politsiya yana uch xudkush terrorchini ta’qib qilib borgan. Ulardan biri restoran ichiga kirib o‘zini portlatib yuborgan. Ushbu portlashda ham bir necha kishi qurbon bo‘lgan va o‘nlab kishilar jarohatlangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada ham Damashqda juft terakt sodir bo‘lgan edi. Undan Bab-es-Sagir nomli shiya musulmonlari qabristoni yaqinidagi 70 ortiq ziyoratchi qurbon bo‘lgan edi.