TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Fransiyadagi hayvonot bog‘ida brakonyerlar o‘lja uchun karkidonni o‘ldirgach, Chexiya hayvonot bog‘i ma’muriyati o‘zida saqlanayotgan noyob turdagi karkidonlarning shoxlarini kesib tashlaydigan bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Guardian nashri.
7 mart kuni noma’lum jinoyatchilar Fransiyaning Tuari shahridagi hayvonot bog‘iga kirib, Vins laqabli 5 yashar karkidonni o‘ldirishgan va uning shoxlaridan birini arralab, voqea joyidan g‘oyib bo‘lishgan.
Karkidonlar nafaqat Fransiya, balki jahon bo‘yicha brakonyerlar uchun qimmatli o‘lja hisoblanadi. Karkidonlar shoxlari Afrika an’anaviy tibbiyotida keng qo‘llanilgani uchun jinoyatchilar mudom karkidonlarni ovlaydilar. 1977-yilda karkidonlar shoxlari oldi-sotdisi butun dunyo bo‘yicha ta’qiqlangan edi, qora bozorda esa karkidonning bir dona shoxi narxi 50 ming yevroga yaqin baholanishi mumkin.
2016 yilning yozida Zimbabve hukumati mamlakat hududidagi 700 ta karkidonni shoxlaridan judo qilish qarorini imzolagan edi. Sababi bu hududda 2015-yilda 1,3 mingta karkidon brakonyerlar qurboniga aylangan edi.