TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Sirdaryo tumanida 2 noma’lum shaxs yuzlariga niqob kiygan holda bir ayolning uyiga bosqinchilikka kirib, unga tan jarohati yetkazishdi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, bosqinchilar nafaqaxo‘r, 1953-yilda tug‘ilgan ayolning uyiga bostirib kirib, uni urib, tan jarohati yetkazishgan va 230 ming so‘m puli, sariq metaldan yasalgan zargarlik buyumi hamda "Nokiya" rusumli mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringanlar.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Sirdaryo tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 1989 va 1991-yilda tug‘ilgan shaxslar ekanligi aniqlangan.
Hozirda ushbu jinoyatni sodir etish sabablarini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.