Shanxayda Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi

© Foto : Podrobno.UZPamatnik Alisheru Navoi v Shanxae
Pamatnik Alisheru Navoi v Shanxae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyuk o‘zbek shoiri va olimi haykali O‘zbekiston va Xitoy diplomatik munosabatlarining 25-yilligi sharafiga ochildi.

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Shanxay universitetida o‘zbek shoiri va mutaffakiri Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi, deb xabar qilmoqda Podrobno.UZ nashri.

Alisher Navoiy - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Navoiy tavalludiga 580-yil to‘ldi

Ushbu yodgorlik O‘zbekiston va Xitoy orasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi sharafiga ochildi. 

Bronza haykalining balandligi 3,6 metrni, haykal tagkursisi balandligi 1,8 metrni tashkil qildi. Haykal chizmasi o‘zbekistonlik haykaltarosh Ravshan Mirtojiyev tomonidan yaratilgan. Xitoylik haykaltaroshlar esa uni bronzada mujassamlashtirishgan.

Haykal og‘irligi 3 tonnani tashkil etadi. Eslatib o‘tamiz, bundan 4yil oldin, 2013-yilda Shanxay universiteti bog‘ida ushbu yodgorlik poydevoriga birinchi tosh qo‘yilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0