TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Rossiya "shimoliy poytaxti" gubernatori Georgiy Poltavchenko Toshkent viloyati hokimi Shukrullo Boboyev bilan uchrashdi, nuz.uz xabari asosida.
Poltavchenko aytishiga qaraganda 2016-yilda O‘zbekiston bilan hamkorlik 2015-yilga qaraganda 35 % ga oshib, mahsulot almashuv qiymati 124,7 mln $ ni tashkil qilgan.
"Biz hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini taklif qilishimiz mumkin: xom-ashyo sohasiga asbob-uskunalar yetkizib berish, suv bilan ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlar, farmatsevtika mahsulotlari va boshqalar", — dedi Poltavchenko.
Gubernator aytishiga qaraganda, Sankt-Peterburg o‘z navbatida O‘zbekistondan meva-sabzavotlar, yengil sanoat uchun xom ashyo va tayyor mahsulotlar olib kelishdan manfaatdor.
Shuningdek Sankt-Peterburg gubernatori mehnat migrantlarini iqtisodning turli sohalariga jalb qilishimkoniyati borligini ham qayd etdi.
"Mutaxassilikka ega bo‘lgan migrantlarni shaharning muayan korxonalariga ishga jalb qilish masalasini o‘ta muhim. Bizning bu borada tajribamiz ham bor", — dedi gubernator.
"Biz bu g‘oyani to‘la quvvatlab, konsullik uchun mos keladigan bino topib yerishga ham tayyormiz", — dedi Georgiy Poltavchenko.
Toshkent viloyati hokimi Shukrullo Boboyev aytishiga qaraganda, ayni damda viloyat qishloq xo‘jalik mahsuloti eksportini rivojlantirish va mahsulotni boshqa hududlarga yetkizib berish uchun logistika markazlari qurishga urg‘u bermoqda. Uning so‘zlariga qaraganda aynan ushbu masala O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari uchrashuvida muhokama qilinadigan asosiy masalalardan biriga aylanadi.