Bu yil 1,8 mlrd $ lik import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqariladi

© Sputnik / Yakov Andreyev / Mediabankka o‘tishTejamkor lampalar
Tejamkor lampalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisodiyot vazirligi hisobiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2017-yilda umumiy qiymati 1,8 mlrd $ bo‘lgan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi.

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Ushbu yil oxirida, O‘zbekiston iqtisodida import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish samarasi umumiy hisobda 1,8 milliard dollarni tashkil qilishi kerak, deyilgan seshanba kuni e’lon qilingan Iqtisodiyot vazirligi hisobotida.  

"2017 yilda rejalashtirilgan mahalliylashtirish dasturi umumiy qiymati 6,5 trillion so‘m (1,8 mlrd $) bo‘lgan 960 loyihalarni  amalga oshirish ko‘zda tutilgan", — deyilgan vazirlik ma’lumotida.

2016 yil yakunlariga ko‘ra, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish  dasturi doirasida 890 ta loyiha tadbiq qilinib, ularning samarasi 2,1 milliarl dollarni tashikil  qildi.

Televizor zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Qarshida televizor va changutgich ishlab chiqaradigan korxona ishga tushadi

O‘tgan yilning dekabr oyida, Hukumat 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan import o‘rini bosish dasturi ishlab chiqargan edi. Unga ko‘ra umumiy ishlab chiqarish hajmi 3,4 milliard dollarni tashkil qiladigan 1146 ta mahalliylashtirish loyihalari amalga oshirilishi kerak.

Dasturga ko‘ra, ishlab chiqarishning birinchi yili mahalliylashtirish 36%, ikki yil ichida kamida 45% va uch yil ichida kamida 50% ni tashkil qilishi kerak.

"Sinchiklab o‘rganish natijasida 2017-yilda import hajmini 1,1 millard dollarga kamaytirish imkoni topildi", — dedi Iqtisodiyot vazirligi vakili.

O‘zbekistonda 2010-2016 yillarda import o‘rnini bosish samarasi 7,6 milliard dollarni tashkil qildi. Bu esa o‘z navbatida yuz minglab yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tashqi savdosi hajmi 2015-yilda 10%ga kamaygan edi, jumladan eksport hajmi 8% va import hajmi 11 %ga qisqargan edi. 2016-yilgi statistik ma’lumotlar hali e’lon qilingani yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0