TOShKENT, 13 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-23 mart kunlari Qozog‘iston poytaxtiga tashrif buyuradi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanovga tayanib Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
"Ayrim Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining Qozog‘istonga tashriflaridan so‘ng O‘zbekiston prezidentining 22-23 mart kunlari Ostonaga tashrif buyurishi mazkur mintaqa mamlakatlarining transmilliy ko‘rinishdagi muammolarga nisbatan birdamligini namoyish etadi", — dedi Abdraxmanov.
U Markaziy Osiyo mamlakatlari oldidagi barcha muammolar umumiy qarashlar, oqilona yondashuv va an’anaviy birodarlik munosabatlari orqali hal qilinishini e’tirof etdi.
Ilgariroq Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan o‘zbek-qozoq hukumatlararo maslahatlashuvidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga rasmiy safar uyushtirishi ma’lum qilingandi.