Andijon viloyati hokimligi fuqarolarni ochiq hay’at majlislariga taklif etdi

Obuna bo‘lish
Fuqarolar hay’at majlislari o‘tkaziladigan sanadan kamida bir kun oldin viloyat hokimligiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelib, ro‘yxatdan o‘tishlari lozim bo‘ladi

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Andijon viloyati hokimligi fuqarolarni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida qatnashishga taklif etdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Andijon - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda binolar tadbirkorlarga bepul beriladi

"O‘zbekiston Respublikasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida"gi Qonuni talablariga ko‘ra, har bir fuqaro davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida qatnashish huquqiga ega", — deyiladi xabarda.

Ushbu huquqidan foydalanishni istagan fuqarolar hay’at majlislari o‘tkaziladigan sanadan kamida bir kun oldin viloyat hokimligiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelib, ro‘yxatdan o‘tishlari lozim bo‘ladi.

Xabarda ochiq hay’at majlislari 20, 27-mart, 3, 10, 17, 24-aprel kunlari bo‘lib o‘tishi bildirilgan.

Yangiliklar lentasi
0