TOShKENT, 13 mar — Sputnik. O‘zbekiston huquqni saqlash organlari Toshkentda o‘tkazilgan “Tozalash-Aksilterror” operatsiyasi davomida qidiruvda bo‘lgan 150 shaxni qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“20 fevraldan boshlab bo‘lib o‘tayotgan “Tozalash-Aksilterror” operatsiyasi davomida O‘zbekiston poytaxtida oldin sodir etgan jinoyatlari uchun qidiruvda bo‘lgan 150 shaxni qo‘lga olindi. Barcha qo‘lga olingan shaxslar ustidan tergov ishlari olib borilmoqda”, — dedi shahar Ichki ishlar boshqarmasi vakili.
Uning so‘zlariga qaraganda o‘tgan davr mobaynida Toshkentda doimiy yashash joyi va mashg‘uloti bo‘lmagan 313 nafar fuqarolar aniqlangan. Ijtimoiy yordam ko‘rsatish markaziga esa 398 nafar balog‘atga yetmagan, qarovsiz qolgan o‘smirlar keltirildi.
“Tozalash-Aksilterror” operatsiyasi davomida, shuningdek, aholini ogohlikka chaqiruvchi tushuntirish ishlari ham olib borildi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu operatsiya 21-mart kuni “Navro‘z” bayrami tantanalari kunlarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan.