TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Ayni damda Rossiyada fuqarolik olishning “yer huquqiga asoslangan” yangi prinsipi ishlab chiqilmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Davlat Dumasi Milliy masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Ruslana Balbeka so‘zlariga asoslanib.
Konstantin Zatulin va Natalya Poklonskaya tomonidan taklif qilingan ushbu qonun loyihasi allaqachon qo‘mitaning ijobiy qaroriga ega bo‘ldi.
“Ushbu qonun qabul qilingan holda, Rossiya fuqaroligini nafaqat qon, qarindoshlik prinsiplari, balkim “yer huquqi” asosida ham olish mumkin bo‘ladi. Fuqarolikka asos rus tilini chuqur bilish va Rossiya imperiyasining sobiq Ittifoq hududlari bilan bo‘lgan aloqalaridir”, — dedi Balbek.
Shunday qilib, yangi qonun, avlodlari sobiq SSSR yoki Rossiya Imperiyasi hududida tug‘ilgan, rus tilini yaxshi bilgan fuqarolarga Rossiya fuqaroligini olish imkonini beradi.
“Yer huquqi” – bu huquqiy termin bo‘lib, ma’lum mamlakat hududida tug‘ilgan har qanday shaxsga, uning millati, irqi va tilidan qat’iy nazar, ushbu mamlakat fuqaroligini olish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz AQShda aynan shunday qonun 150-yil oldin (1868 yilda)qabul qilingan bo‘lib, haligacha amal qilib kelmoqda. Dunyoda mustamlakachilik, qulchilik amal qilayotgan o‘sha davrlarda, barcha millat va irq vakillariga teng huquq bergan ushbu qonun, amerika tarixida eng demokratik qonuniy akt hisoblanadi.