TOShKENT, 13 mar — Sputnik. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ushbu yilning mart oyida Ostona shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes forum tashkil qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar qildi muassasa matbuot xizmati.
Biznes forum Ostonadagi “Mustaqillik Saroyida” bo‘lib o‘tadi. Unda ikkala tomon o‘z taqdimot marosimlarini o‘tkazishadi hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston korxonalari orasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Biznes forum o‘tkazishdan maqsad ikka mamlakat korxonalari orasida hamkorlik aloqalari o‘rnatish va mavjud bo‘lgan aloqalarni mustahkamlashdir. Shuningdek, uchrashuvda ikki mamlakat hududida qo‘shma korxonalar tashkil qilish, sarmoyaviy loyihalar amalga oshirish hamda kerakli biznes-hamkorlar topish masalalari muhokama qilinadi.