TOShKENT, 13 mar — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 14-martdan AQSh dollar kursi 47,71 so‘mga ortadi va 3 500,01 so‘mni tashkil etadi.
O‘tgan uch haftadan buyon dollar qiymati haftasiga qariyb 50 so‘mga qimmatlashmoqda.
Yevroning qiymati 60,35 so‘mga oshib 3 710,44 so‘m etib belgilandi.
Ekspertlarning fikricha, dollar narxining oshishi valyuta sohasida kutilayotgan islohotlar bilan bog‘liq.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasida konvertatsiya joriy etish va erkin valyuta savdosini tashkil etish choralari ham ko‘zda tutilgan.