TOShKENT, 12 mar — Sputnik. 2017-yilning 12-mart kuni Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Dinara Kamolova boshchiligidagi delegatsiyasi Toshkent shahriga keladi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi.
Tashqi siyosiy idoralar rahbarlari o‘rinbosarlari darajasidagi tadbirda O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining holati tahlil qilinib, ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqiladi, — deyilgan xabarda.