TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi 10-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining to‘rt nafar deputati vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida qarorlar qabul qilgan. Hujjatlar matni MSK saytida e’lon qilingan.
18-Izboskan saylov okrugidan saylangan Alisher Shodmonov O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning Oliy Majlis deputati vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.
128-Sanoat saylov okrugidan saylangan Rustam Komilov O‘zbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi. 44 yoshli Komilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, 66-Yangiyer saylov okrugidan saylangan Dilfuza O‘rolova Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi.