Toshkentda alohida qimmatga ega gramplastinkalar namoyish etilmoqda

© Stringer/SputnikGramplastinkalar ko‘rgazmasi
Gramplastinkalar ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Ko‘rgazmalar zalida kutubxonaning umumiy fondlari tarkibidagi musiqa bo‘limida saqlanayotgan alohida qimmatga ega gramplastinkalar ko‘rgazmasi ochildi

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Ko‘rgazmalar zalida kutubxonaning umumiy fondlari tarkibidagi musiqa bo‘limida saqlanayotgan alohida qimmatga ega gramplastinkalar ko‘rgazmasi ochildi, deya xabar qilmoqda kutubxonaning Umumiy fondlarni saqlash xizmati.

Mazkur ko‘rgazmada "Aprelevskiy" zavodida ishlab chiqarilgan noyob retro-ovozlar namoyish etilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1910-yilda Moskva viloyatidagi Aprelevka qishlog‘ida grammofonlar uchun plastinkalar ishlab chiqaruvchi birinchi rus fabrikasiga asos solingan. U dunyodagi eng yirik gramplastinka zavodi bo‘lgan. Bu yerda o‘n mingdan ziyod ishchi turli janr yo‘nalishlari bo‘yicha ovozli yozuvlarni tayyorlashgan.

Anor gullaganda... ko‘rgazmasida namoyish etilayotgan qoraqalpoq ayollari milliy liboslari - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi Modalar uyida o‘zbek milliy liboslari namoyish etildi - fotoreportaj
"Aprelevskiy" zavodining gramplastinkalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmada o‘zbek musiqasi, dunyo xalqlari kuy va qo‘shiqlari, taniqli san’atkorlar ijro etgan qo‘shiqlar, multfilmlardan bolalar musiqasi, ertaklar, teatrlashtirilgan inssenirovkalar, romanslar, opera musiqasi, buyuk kompozitorlar asarlari, o‘zbek va jahon klassik bastakorlari kuylarining taniqli musiqachilar tomonidan ijrosi, kinofilmlarga ishlangan musiqalar, raqsning turli yo‘nalishlari (balet, bal raqslari, vals, disko, dunyo xalqlari raqslari) va boshqa janrlardan iborat gramplastinkalar o‘rin olgan.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining "Ijod" zalida gramplastinkalarni eshitish hamda ularga manzur bo‘lganlarining elektron variantlarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ko‘rgazma joriy yilning 31-martiga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0