TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Gollivudning mashhur aktorlari Vinsent Kassel va Armand Assante o‘zbek zaminining buyuk siymolaridan bo‘lmish Mirzo Ulug‘bek haqidagi filmda suratga tushishdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
"Ulug‘ Bek. Yulduzlarga yuzlanib" deb nomlangan mazkur film hozirda AQShda yashab ijod qilayotgan o‘zbek rejissori Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan suratga olingan.
Filmda Gollivud yulduzlari bilan birgalikda o‘zbek aktorlari Javohir Zokirov va ma’ruf Otajonovlar ham rol ijro etishgan. Film shiori — "Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir".
Film premyerasi yaqin kunlarga mo‘ljallangan.
Bahodir Yo‘ldoshev o‘zining klipmeykerlik faoliyati orqali keng ommaga tanilgan. Masalan u rossiyalik xonanda Nyushaning beshta qo‘shig‘iga klip olgan.
U shuningdek, Leonid Agutin, Maksim, "A-Studio", "Refleks" va "Otpetie moshenniki" kabi xonanda va guruhlar, o‘zbek xonandalari Shahzoda va So‘g‘diyona bilan hamkorlik qilgan.