TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Istanbulning Buyukchekmekje tumanida Sikorsky S-76 vertoloti teleminoraga urilib qulab tushdi. Bu haqda Sputnik Turkiya xabar berdi.
Halokat Toshkent vaqti bilan 13:20da sodir bo‘lgan. Guvohlarning aytishlaricha, halokatga quyuq tuman sabab bo‘lgan.
Eczacıbasi kompaniyalar guruhiga tegishli vertolotda ikki nafar ekipaj a’zosi va besh nafar yo‘lovchi bo‘lib, yo‘lovchilarning to‘rt nafari rossiyaliklar. Rossiya TIV ularning halok bo‘lganligini tasdiqladi.
Sputnik Ozarbayjonning xabar berishicha, vertolotda Eczacıbasi xoldingiga kiruvchi Yapı Grup kompaniyasining Rossiya bo‘yicha direktori Salim O‘zen hamda rossiyalik hamkorlar — Aleksandr Vanin, Igor Kochergin, Lyudmila Churova va Yelena Badragalar bo‘lishgan.
Ular Eczacıbaşı xoldingiga qarashli zavodlardan birini tekshirish uchun Bilejik viloyatiga uchayotgan bo‘lishgan.
Hodisa joyida qutqaruvchilar va tibbiyot xizmati xodimlari ish olib borishmoqda.