Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini bir soat ichida olish mumkin

© Sputnik / /StringerVoditelskie prava novogo obrazsa
Voditelskie prava novogo obrazsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Guvohnomani olish uchun to‘lov eng kam ish haqining 55%i, 83 ming so‘m atrofida bo‘ladi

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. 2017-yil 1-oktabrdan beriladigan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini bir soat ichida olish mumkin. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Toshkent shahri IIBB YHXB podpolkovnigi Zarif Yusufjonov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Guvohnomani olish uchun to‘lov eng kam ish haqining 55%i, 83 ming so‘m atrofida bo‘ladi.

Haydovchi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi

"Haydovchi ushbu summani faqatgina guvohnoma uchun to‘laydi, agarda imtihon topshiradigan bo‘lsa, u holda imtihon uchun alohida pul to‘lanadi. Staji muddati 12 oydan kam bo‘lmagan haydovchilar guvohnomani imtihonlarsiz oladilar. Staj muddati shaxsiy avtomobilni ro‘yxatga olinish sanasi, transport vositasini boshqarish uchun ishonchnoma vaqti yoki ish joyidan ma’lumotnoma orqali belgilanadi", — dedi u.

Suhbatdosh ushbu haydovchilik guvohnomasini xalqaro deyish noto‘g‘ri ekanligini, guvohnomalar milliy, lekin barcha xalqaro talablarga javob berishini, o‘zbekistonliklar mazkur haydovchilik guvohnomalaridan dunyoning istalgan mamlakatida foydalanishlari mumkinligini bildirdi.

Yana bir narsa — jarima taloni tarixda qoladi. Uning o‘rniga haydovchilarning qoida buzishlari qayd etib boriladigan elektron ma’lumotlar bazasi joriy etiladi.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini olish 2017-yil 1-oktabrdan 2018-yil 31-dekabrga qadar ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, 2019-yil 1-yanvardan 2020-yil 31-dekabrgacha majburiy tartibga aylanadi.

Guvohnoma 10-yil muddatga beriladi.

Yangiliklar lentasi
0