Jarima o‘rniga gul: Toshkentda mashina mingan ayollarga gul sovg‘a qilishmoqda

© Sputnik / /StringerSotrudniki GAI Tashkenta vruchayut jenshinam-voditelyam sveti k 8-marta
Sotrudniki GAI Tashkenta vruchayut jenshinam-voditelyam sveti k 8-marta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda poytaxt yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari mashina mingan ayollarga gul sovg‘a qilishmoqda

TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Toshkentda poytaxt yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining an’anaviy aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir davomida yo‘l harakati inspektorlari mashinali xonimlarga gul sovg‘a qilishadi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ushbu aksiya bir necha yillardan buyon o‘tkazib kelinadi va barcha ayollarga quvonch bag‘ishlaydi. Hozir inspektorlar shahar markazida, Hamid Olimjon metro bekati yonida, Mustaqillik shohko‘chasi hamda poytaxtning boshqa tumanlarida gul ulashmoqdalar.

"Menga gul sovg‘a qilishdi, juda ajoyib, qoida buzganim uchun jarima solishadi deb o‘ylagandim, menga gul sovg‘a qilishdi va boshqa qoida buzmasligimni so‘rashdi", — deb yozadi internet foydalanuvchilaridan biri. "Eng romantik militsionerlar biznikilar, barakalla!!!", — deb yozadi yana bir ayol. "Qoyil, ulardan norozi bo‘lishadi, lekin ular juda muhim ishni bajarishadi", — deydi yana bir foydalanuvchi.

8 mart - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev tasviri tushirilgan tabrik otkritkasi barchani lol qoldirdi

Foydalanuvchilar orasida bayram kuni qoida buzish mumkin deb o‘ylovchilar ham topildi.

"Ular gul sovg‘a qilishganini faqat internetda ko‘rapman, kecha meni to‘xtatishdi. Tabriklashadi deb o‘ylovdim, yo‘q, haydovchilik guvohnomamni olib qo‘yishdi", — deb yozdai ayollardan biri.

Bugun ayollarga xursandchilik ulashishga poytaxtdagi ayrim avtomobil yuvish shoxobchalari ham qaror qilgan.

"Bugun bayramni chin dildan his qildim!!! Mashinamni yuvdirgani kirgandim. Mashinamni yuvishdi! Ularga pul bermoqchi bo‘lgandim, ular menga guldasta sovg‘a qilishdi va bugun ayollarga bepul xizmat ko‘rsatishlarini aytishdi! Rahmat yigitlar!!!", — deydi poytaxtda yashovchi ayollardan biri.

Yangiliklar lentasi
0