O‘zbekiston mahsulotlari Pokistonga eksport qilinadi

© JahonStend Uzbekistana na vistavke "Tekstillegprom-2016" v VDNX
Stend Uzbekistana na vistavke Tekstillegprom-2016 v VDNX - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazma zalida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 170 turdagi mahsulotlar, jumladan, 51 nomdagi qurilish materiallari, 48 nomdagi sanitariya texnikasi, 66 nomda kabel-o‘tkazgichlar va maishiy buyumlar taqdim etildi

TOShKENT, 8 mar — Sputnik. O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasida "Savdo karvoni: O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan" nomidagi doimiy faoliyat yurituvchi ko‘rgazma zalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Jahon" AA xabar bermoqda. Marosim O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari rahbarligidagi delegatsiyaning Pokistonga tashrifi doirasida o‘tkazildi.

Prodekspo-2017 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mahsuloti Moskva ko‘rgazmasida oliy mukofotni oldi

Ko‘rgazma zalida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 170 turdagi mahsulotlar, jumladan, 51 nomdagi qurilish materiallari, 48 nomdagi sanitariya texnikasi, 66 nomda kabel-o‘tkazgichlar va maishiy buyumlar taqdim etildi.

O‘zbekiston mahsulotlarining namoyish etilgan namunalari pokistonliklarda katta qiziqish uyg‘otdi. Xususan, Bahria Town qurilish kompaniyasi va "O‘zsanoateksport" aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish materiallarini Pokistonga eksport qilish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Bundan tashqari, Pokistonning bir qator qurilish kompaniyalari va mobil aloqa operatorlari o‘zbekistonlik sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirishdi.

Islomobodda O‘zbekiston savdo ko‘rgazmasi ochildi
V Islamabade otkrilas vistavka Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Islomobodda O‘zbekiston savdo ko‘rgazmasi ochildi

Ko‘rgazma ishtirokchilari shuningdek, zamonaviy va yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan maishiy texnika tizimi, jumdalan, Artel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan "aqlli" televizorlar va planshetlarga e’tibor qaratishdi.

Pokiston vakillari ko‘rgazmaga qo‘yilgan o‘zbekistonlik sanoatchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sohasida muvaffaqiyatli islohotlar olib borilgani, bu esa dunyo bozorlarining barcha talablariga javob bera oladigan ishlab chiqarish salohiyati shakllanishiga xizmat qilganini ta’kidlashdi.

Tadbirda Pokiston hukumati, Islomobod, Sialkot, Lahor Savdo-sanoat palatalari, ushbu mamlakat ishbilarmon doiralari hamda yirik qurilish kompaniyalari vakillari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0