TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Qirg‘izistonda giyohvand modda tashish bilan shug‘ullangan davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq va ishlayotgan xodimlari qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib.
"Qirg‘iziston DMXQning ichki xavfsizlik xizmati va respublika IIVning hamkorlikdagi tezkor tadbiri chog‘ida Qirg‘iziston DMXQning sobiq va ishlayotgan xodimlari qo‘lga olindi. O‘tkazilgan tadbir chog‘ida ulardan 7,5 kiloga yaqin musodara qilindi", — deb xabar qildi qo‘mita matbuot xizmati.
Qo‘lga olinganlar Bishkek shahar IIB vaqtinchalik hibsda saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.
DMXQ ushbu jinoyat ishini har tomonlama xolis ko‘rib chiqish maqsadida qo‘lga olinganlarga oid barcha hujjatlar respublika IIVning bosh tergov boshqarmasiga topshirilganini ma’lum qildi.