Iqtisod

Oʻzbekistonda Rossiya qandolat xoldingi shokolad mahsulotlari ishlab chiqaradi

© Foto : pixabayShokoladnaya plitka
Shokoladnaya plitka - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyaning "Obʼyedinennыe konditerы" xoldingi 2017 yilda Oʻzbekistonda 10 ming tonna shokolad mahsuloti tayyorlaydi

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti oʻtgan yil dekabrida tasdiqlagan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga asosan, Rossiyaning "Obʼyedinennыe konditerы" (Birlashgan qandolatchilar) xoldingi 2017 yilda Oʻzbekistonda 75% mahalliylashtirish darajasi bilan 10 ming tonna shokolad mahsuloti tayyorlaydi.

Keyingi ikki yilda qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish shu darajada saqlanib qoladi. "Obʼyedinennыe konditerы" xoldingi "Guta" guruhiga kiradi va Sharqiy Yevropadagi eng yirik qandolat korxonasi hisoblanadi. U Rossiyaning 19ta fabrikasi, jumladan, Moskvadagi yirik "Krasnыy Oktyabr", "Kontsern Babayevskiy", "ROT FRONT" fabrikalarini birlashtirgan. Xolding korxonalari shokolad, konfet, karamel, iris, zefir, vafli, tort, marmelad va sharq shirinliklarini ishlab chiqaradi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev Oʻzbekiston - Rossiya munosabatlari mustahkamlanayotganini taʼkidladi

"Obʼyedinennыe konditerы" xoldingiga qarashli qandolat fabrikalarida "Alyonka", "Babayevskiy", "Vdoxnoveniye", "Mishka kosolapыy", "Krasnaya shapochka", "Korovka", "Tulskiy pryanik" kabi mashhur markalar ostidagi shirinliklar tayyorlanadi, deb yozadi NUZ.UZ.

Ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxi mahalliylashtirish dasturi ishtirokchilariga beriladigan soliq va bojxona imtiyozlari hisobiga arzonlashadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida qoʻllaniladigan texnologik uskunalar va ularning ehtiyot qismlarini olib kirganligi uchun bojxona toʻlovlaridan 3 yil muddatga ozod qilinadi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari). Bundan tashqari, daromad va mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy ishlab chiqarish joylari uchun mulk soligʻidan ozod qilinadi.

Ilgariroq "Obʼyedinennыe konditerы" xoldingi Toshkent viloyatida qiymati 20 million dollarlik yangi ishlab chiqarishni tashkillashtirayotgani haqida xabar qilingandi. Bu Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoatida oʻrta muddatli istiqbolga moʻljallangan xorijiy investitsiya jalb etilgan eng yirik loyihalardan biri boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0