Jamiyat

Toshkentda 15 martdan yoʻl kameralari jarima yozishni boshlaydi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev /  / Mediabankka oʻtishKompleks avtofiksatsii narusheniy PDD
Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun jarima toʻlash haqidagi qaror chiqarilgach, avtomobil egasi ikki oy ichida jarimani toʻlashi kerak boʻladi

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Toshkentda 15 martdan eʼtiboran videokameralar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun haydovchilarni jarimaga tortish mexanizmi sinov tariqasida ishga tushiriladi. Bu haqda IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi polkovnik Xolmatjon Saydaliyev maʼlum qildi, deb xabar berdi Podrobno.UZ.

Uzbekskaya militsiya na granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Piyodalarni jarimaga tortish boshlandi

Shu kundan boshlab shahardagi 115 ta chorrahaga oʻrnatilgan videokuzatuv moslamalari haydovchilarning qoida buzishlari — qizil chiroqda oʻtib ketish va tezlikni oshirish holatlarini qayd etadi.

Kameralar qayd qilgan qoidabuzarliklar boʻyicha jarima qogʻozlari transport vositasining egasiga yuboriladi. Yuridik shaxslarga tegishli avtomobillar qoida buzgani aniqlansa, oʻsha transport vositasidan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxsga jarima solinadi.

Kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun jarima toʻlash haqidagi qaror chiqarilgach, avtomobil egasi ikki oy ichida jarimani toʻlashi kerak boʻladi.

Agarda qoidabuzar jarimani toʻlamasa, jarima qogʻozi yuborilganining 61-kuni mashina jarima maydonchasiga olib kiriladi.

Yangiliklar lentasi
0