Jamiyat

Ekspert: Oʻzbekistonda bosqichma-bosqich bozor kursiga oʻtiladi

© Foto stringeraAlisher Shayxov
Alisher Shayxov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hukumat bugungi kunda dollar rasmiy kursi oshishining kuzatuvchisigina boʻlib turgani yoʻq. Hukumat xalqaro meʼyorlarga toʻla javob beradigan barqaror valyuta tizimiga oʻtish uchun maʼlum qadamlarni tashlamoqda

TOSHKENT, 6 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda keyingi uch hafta davomida AQSH dollarining rasmiy kursi keskin oʻsishi kuzatilmoqda.

Shuningdek, dollarning "qora bozor"dagi narxi ham 7 ming soʻmdan oshdi. Buning sababi nimada, Oʻzbekiston valyuta barqarorligini takomillashtirish boʻyicha qanday choralarni koʻrmoqda? Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxov bilan suhbatlashdi.

Ekspertning soʻzlariga koʻra, valyuta tizimini barqarorlashtirish Oʻzbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasining muhim qismlaridan biridir.

Punkt obmena valyut - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Dollarning bozordagi narxi 7 ming soʻmdan oshdi

"Hozirda bozor kursiga oʻtish borasidagi rejalar ishlab chiqilmoqda. Albatta, bu maʼlum vaqt talab qiladi, barcha ehtimoliy vaziyatlarni baholash darkor. Lekin asosiysi, bu borada faol ish olib borilmoqda, biz barcha kelib chiqadigan savollarni muhokama qilish uchun ekspertlarni, jumladan, xalqaro ekspertlarni taklif etamiz. Oʻzbekiston yopiq mamlakat emas, shu bois ushbu sohadagi har qanday oʻzgarishlar nafaqat bizga, balki biz bilan ishlayotgan hamkorlarimizga ham ijobiy yoki salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin", — dedi Alisher Shayxov.

Oʻzbekiston hukumati bozor kursiga bosqichma-bosqich, bozor "shok"larisiz oʻtadi, dedi ekspert.

"Hukumat bugungi kunda bu jarayon (dollar rasmiy kursining oshishi — tah.)ning kuzatuvchisigina boʻlib turgani yoʻq. Hukumat xalqaro meʼyorlarga toʻla javob beradigan barqaror valyuta tizimiga oʻtishimiz uchun maʼlum qadamlarni tashlamoqda. Rasmiy kursning oʻzgarishi ham ana shunday choralardan dalolat beradi. Hukumat barqaror bozor valyuta tizimiga ravon va bosqichma-bosqich oʻtishni maqsad qilgan, bu Harakatlar strategiyasida aniq-ravshan bayon etilgan. "Shok" usuli Oʻzbekistonga mos emas", — dedi u.

Shayxovning fikricha, yangi tizimga oqilona, maqsadga muvofiq va munosib muddatda oʻtiladi.

"Yangi tizimga oʻtish jarayoni qachon yakuniga yetishini aniq aytish qiyin, bu vaqt talab qiladi. Lekin bir narsani ishonch bilan aytishim mumkin — oʻzgacha bozor mexanizmiga oʻtishimiz uchun shu yilning oʻzidayoq yetarlicha ish bajariladi", — dedi u.

Oʻzbekiston Markaziy banki 7 martdan boshlab xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi kursini belgiladi. Unga koʻra, bir AQSH dollari deyarli 50 soʻmga — 3404,35 soʻmdan 3452,30 soʻmga oshdi.

Yangiliklar lentasi
0