Siyosat

Turkmanboshi Mirziyoyevdan eng yaxshi tuhfa oldi

© Press-slujba prezidenta RUzOʻzbekiston prezidentining Turkmanistonga birinchi rasmiy tashrifi
Oʻzbekiston prezidentining Turkmanistonga birinchi rasmiy tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga Oʻzbekistonda yaqinda chop etilgan Maxtumqulining "Elingga baxsh ayla" deb nomlangan kitobini sovgʻa qildi. Turkmaniston Prezidenti kitob eng yaxshi tuhfa ekanini taʼkidlab, Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezidentlar ushbu tashrif ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama etish, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat yaratganini taʼkidladilar, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Muzokaralar ochiqlik, oʻzaro anglashuv va doʻstona ruhda oʻtgani, imzolangan hujjatlar Oʻzbekiston va Turkmaniston xalqlari manfaatlariga xizmat qilishi qayd etildi.

Qora dengiz - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Turkmaniston Oʻzbekiston bilan Qora dengizga chiqishga tayyorligini bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga Oʻzbekistonda yaqinda chop etilgan Maxtumqulining "Elingga baxsh ayla" deb nomlangan kitobini sovgʻa qildi. Turkmaniston Prezidenti kitob eng yaxshi tuhfa ekanini taʼkidlab, Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

Ilgariroq Prezidentlar Xalqaro Axalteki otlari majmuasi bilan tanishganlari va Turkmaniston Prezidenti Mirziyoyevga zotdor ot sovgʻa qilgani haqida xabar bergan edik.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. Faxriy mehmonlar xiyoboniga koʻchat oʻtqazdi. Bu xiyobonga Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2007-yilda koʻchat oʻtqazgan edi.

Mirziyoyev shuningdek Saparmurat Niyozov maqbarasiga gul qoʻydi. Oʻtganlarning ruhi poklariga Qurʼon tilovat qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0