TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Oʻzbek estradasining eng yorqin yulduzlaridan biri Nilufar Usmonova toʻrtinchi farzandni dunyoga keltirdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Bugun Nilufar Usmonova qizaloqni dunyoga keltirdi. Xonandani yangi mehmon bilan eng avvalo uning hamkasbi va dugonasi Shahzoda oʻzining Instagramdagi sahifasi orqali tabriklagan.
"Sen bugun jajjigina malikaning onasi boʻlding. Ajoyib qizaloqni dunyoga keltirganing bilan chin yurakdan tabriklayman. Yangi mehmonga mustahkam sogʻlik va baxtli hayot tilayman", — deb izoh qoldirgan Shahzoda Nilufarning surati tagida.
Nilufar Usmonovaning sahifasi ham tabriklarga toʻlib-toshgan. Ammo hozircha qizaloqqa qanday ism tanlangani xabar qilinmayapti.
Eslatib oʻtamiz, Nilufar Usmonova uch nafar oʻgʻil farzandlarning onasi.