TOShKENT, 6 mar — Sputnik. 3-mart kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining o‘ttiz to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilingan Samarqand viloyati rasmiy saytida.
Kun tartibidagi ikkinchi masala – aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni hamda dori vositalari ta’minotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etishga ko‘maklashish, shuningdek, bu sohada deputatlar va jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari ham deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama etilgan. Bu borada ayni paytda sohada olib borilayotgan ishlar haqida dastlab viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Jo‘rayev axborot bergan.
"Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Deputatlar viloyat hokimining Egamberdiyev Bahromjon Negmatovichni viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etish haqidagi qarorini tasdiqladilar.
Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan viloyat Kengashining qarorlari qabul qilindi", deyiladi xabarda.