TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekiston OAVlarida tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Boshqaruvi raisi etib Suxrob Xolmurodov tayinlandi.
Suxrob Xolmurodov 2016-yildan boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan.
1973 yilda Samarqand viloyatida tavallud topgan. 2000-yilda Toshkent Moliya institutini tugatgan. 1993-yildan beri bank sohasida ishlab keladi.
Milliy bankni 2005-yildan buyon Saidaxmat Rahimov boshqarib kelayotgan edi.