TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Kecha oqshomda poytaxtda navbatdagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb yozadi Podrobno.uz. Hodisa joyidan olingan surat ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan.
Guvohlarning aytishicha, katta tezlikda harakatlanayotgan "Neksiya" trassadan chiqib ketgan va ag‘darilgan. Asosiysi, halokat vaqtida mashinaga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketmadi, aks holda ayanchli oqibat kelib chiqishi mumkin edi.
Internet foydalanuvchilarining aksariyati mazkur avtomobil egasini qoralagan. Ularni tushunsa bo‘ladi, bugungi kunda hayot uchun xavfli bo‘lgan katta tezlikda yurish o‘zbek haydovchilari uchun odatga aylanib qoldi, deb yozadi nashr.