TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Saratov viloyatining Engels shahrida yuz bergan yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi, deb xabar berdi "Region 64" axborot agentligi hududiy tergov bo‘limi rahbari Andrey Morozovga asoslanib.
4 mart kuni tunda shahardagi uylardan birida yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida 23 va 26 yoshli ikki nafar kishi halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, 45 yoshli kishi og‘ir kuyish jarohati, 20 va 46 yoshli yana ikki kishi o‘rtacha darajadagi kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Morozovning so‘zlariga ko‘ra, ularning barchasi o‘zbekistonlik bo‘lgan va shahardagi korxonalardan birida mehnat qilishgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.