Lola Karimova: ayollar hayotning toji, mash’ali va ko‘rkidir

© IstagramLola Karimova
Lola Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tobora ko‘proq ayollarimiz ilgari faqat erkaklar egallagan sohalarda unumli faoliyat yuritib, katta muvaffaqiyat va yutuqlarga erishmoqdalar. Men bu o‘zgarishlarni insoniyat taraqqiyotining muhim omili deb bilaman, deb yozgan Lola Karimova-Tillyayeva

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Lola Karimova-Tillyayeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali munis va mehribon ayollarga yaqinlashib kelayotgan 8-mart bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

"Yangi texnologiyalar va ilm-fan taraqqiyoti tufayli zamonamiz jadal ravishda o‘zgarib borayotgan bir paytda, ayollarning jamiyatdagi o‘rni qanchalik o‘zgarganligi dolzarb mavzulardan biri bo‘lib kelmoqda.

Tobora ko‘proq ayollarimiz ilgari faqat erkaklar egallagan sohalarda unumli faoliyat yuritib, katta muvaffaqiyat va yutuqlarga erishmoqdalar. Men bu o‘zgarishlarni insoniyat taraqqiyotining muhim omili deb bilaman.

Dono, mehribon, munis, nazokatli, mehnatkash ayollar hayotning toji, mash’ali va ko‘rkidir.

Aziz ayollar, siz borliqning jon tomirisiz, muhabbat, mehr-oqibat va go‘zallik manbaisiz. Men barchangizni kirib kelayotgan 8-mart bayrami bilan chin ko‘ngildan muborakbod etaman.
Azizlarim, hayotingizda sizga va oilangizga hamisha baxt-saodat, sog‘liq, tinchlik-hotirjamlik, mehr-oqibat va qut-baraka hamrox bo‘lishini tilab qolaman!", — deb yozgan Lola Karimova-Tillyayeva.
Yangiliklar lentasi
0