TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Xorijga chiqishga ruxsat beruvchi Vizalar va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi (OVIR) stikerini bekor qilish va uning o‘rniga xorijiy pasportlar kiritish taklifi joriy yilning sentabr oyi oxirida tayyor bo‘ladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida.
Toshkent shahar IIBB vakilining aytishicha, hozirda militsiyaning mutasaddi xodimlari va huquqshunoslar OVIR stikeridan xorijiy pasportlarga o‘tishda qo‘llanadigan aniq choralarni tayyorlashmoqda.
Suhbatdosh shu bilan birga O‘zbekiston fuqarolariga xorijiy pasportlar qanday muddatga berilishi haqidagi savolga javob bera olmagan, biroq xalqaro tajribaga ko‘ra bunday pasportlar 10-yilga berilishini ta’kidlab o‘tgan.
Pasport-viza tizimini takomillashtirish 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish harakatlar strategiyasi doirasida rejalashtirilgan.
OVIR stikerini bekor qilish haqidagi hujjatda, shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlashda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, avtomatlashtirilgan pasport nazorati kabinalari joriy qilish ko‘zda tutilgan, bu esa aeroportlar va vokzallarda bojxona kardonlarini o‘tish tizimini soddalashtirishga imkon beradi.