TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Andijon viloyati, Andijon shahri hamda viloyatning 3ta tumanida ichki ishlar bo‘limlariga yangi rahbarlar tayinlangan.
Andijon viloyat IIB boshlig‘i endilikda Cobirov Shuhrat O‘rinboyevich bo‘lgan. U bungacha Toshkent viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Parpiyev Shuhrat Bahodirovich esa Andijon shahar IIB boshlig‘i etib tayinlandi, u avval IIB huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i edi.
Shuningdek, Marhamat tumani IIBga Nishonov Muhammadjon Sodiqjonovich, Shahrixon tumani IIBga Yo‘ldoshev Akmal boshliq etib tayinlangan.
Izboskan tumaniga esa Bahromov Bektemir Rahmonovich IIBning yangi boshlig‘i etib tayinlandi, u avval Baliqchi tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlayotgan edi, deb xabar qildi kun.uz.