Angrenlik "Agent 007": o‘qotar avtoruchka sotmoqchi bo‘lgan shaxs qamaldi

© vk.comO‘qotar ruchka
O‘qotar ruchka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hech qayerda ishlamaydigan angrenlik 46 yoshli shaxs o‘qotar qurol va to‘qqizta o‘qni sotishga urindi

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Toshkent viloyati milliy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari Angren tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda kichik hajmli to‘pponcha sotishga uringan shaxsni qo‘lga olishdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga kuch tizimi vakili ma’lum qildi.

Angrenlik 46 yoshli Baxtiyor Yo‘ldoshev avtoruchka ko‘rinishidagi to‘pponcha va uning 5,6 mm kalibrli to‘qqizta o‘qini sotishga uringan. U bu qurolni uzoq vaqt davomida uyida noqonuniy saqlab kelgan.

Samarqand viloyatida qurol-yarog‘lar yashirilgan o‘ra topildi

"So‘roq jarayonida Yo‘ldoshev ushbu qurolni bir paytlar SSSR qurolli kuchlari tarkibida Afg‘onistonda xizmat qilgan Angrenda yashagan notanish rus kishisidan olganini ma’lum qildi. Ballistik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu avtoruchka-to‘pponcha o‘qotar qurol hisoblanadi hamda foydalanishga yaroqli holatda", — dedi MXX xodimi.

Angren tumani IIB Baxtiyor Yo‘ldoshevga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudi hukmiga ko‘ra B.Yo‘ldoshev 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘qotar qurollar bilan savdo qilish taqiqlangan. Shu sababli MXX va IIV xodimlari qonunbuzarlik holatlarini aniqlash bo‘yicha muntazam ravishda ish olib boradi.

Yangiliklar lentasi
0