Ukrainada milliy motam e’lon qilindi

© Sputnik / Pavel Palamarchuk / Mediabankka o‘tishUkraina
Ukraina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina respublikasi Lvov shahridagi Stepnaya shaxtasida portlash yuz berdi, Ukraina tog‘-kon ishchilari kasaba uyushmasi ma’lumotlariga muvofiq, hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, 7 kishi jarohatlangan

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Ukraina prezidenti Petr Poroshenko hukumatga mamlakatdagi ko‘mir qazib chiqaruvchi jamiki  korxonalarda tekshirish ishlarini o‘tkazishni buyurdi va Lvov viloyatidagi shaxtada yuz bergan portlash tufayli motam e’lon qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Poroshenkoning matbuot-kotibi Svatoslav Segolkoga tayangan holda.

© Sputnik / Igor Maslov / Mediabankka o‘tishShaxta ishchilari
Rabochie na shaxte - Sputnik O‘zbekiston
Shaxta ishchilari

Payshanba kuni Lvov viloyatida joylashgan "Stepnaya" shaxtasida avariya yuz berdi. Ukraina tog‘-kon ishchilari kasaba uyushmasi shaxtada metan portlagani haqida ma’lumot tarqatdi. Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, 7 nafar ishchi jarohatlangan.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati avariya oqibatida 8 nafar tog‘-kon ishchisi halok bo‘lgani, 6 nafari jarohatlangani va 20 nafar inson qutqarib qolingani haqida axborot bermoqda.

Avariya yuz bergan uchatkada jami 34 nafar ishchi bo‘lgani xabar qilinmoqda.

© Sputnik / Nikolay Lazarenko / Mediabankka o‘tishUkraina prezidenti Petr Poroshenko
Prezident Ukraini Petr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko

"Ukraina prezidenti Lvov viloyatidagi portlash tufayli mamlakatda milliy motam kunini e’lon qildi. Tegishli farmon bugunning o‘zida imzolangan. Prezident, shuningdek, mamlakat Vazirlar mahkamasiga Ukrainadagi ko‘mir qazib chiqaruvchi barcha korxonalarda tekshiruv o‘tkazishni buyurgan", — deb yozgan Segolko o‘zining Feysbukdagi sahifasida.

Yangiliklar lentasi
0