Rossiyalik ayolni aldab ketgan o‘zbekistonlik olti yildan so‘ng qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPolitsiya Rossii
Politsiya Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chuvashiston respublikasi IIV xodimlari mahalliy ayolga magazin ochishni va’da qilib 115 ming rubl olgan va shu bo‘yi g‘oyib bo‘lgan o‘zbekistonlikni olti yildan so‘ng qo‘lga olishdi

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Chuvashiston politsiyachilari tovlamachilikda gumon qilingan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olishdi, deb xabar berdi Rossiya IIV matbuot xizmati.

U 2011-yil oxirlarida chuvashistonlik ayolga magazin ochishda yordam berishni va’da qilib uning 115 ming rublini oladi. Lekin yordam berish o‘rniga g‘oyib bo‘ladi.

U Rossiya hududida soxta hujjatlar bilan yashab yurgan.

Politsiya xodimlarining taxminlaricha, uning noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida jabr ko‘rganlar ko‘pchilikni tashkil etishi ham mumkin. Hozirda unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining "Tovlamachilik" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0