Oksana Chusovitina g‘alaba qozonishda davom etmoqda

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishOksana Chusovitina
Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning Xyuston shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada u to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina AQShda bo‘lib o‘tgan turnirda to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi. U bu haqda Instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

Chusovitina tayanib sakrash va erkin mashqlarda g‘alaba qozondi hamda to‘sin ustidagi mashqlar va ko‘pkurashda bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Houston National Invitational xalqaro musobaqasi AQShning Xyuston shahrida 24-26 fevral kunlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 1600dan ziyod sportchilar qatnashdi.

Yangiliklar lentasi
0