Tarixda iz qoldirgan buyuk shaxslarning merosi, amalga oshirgan ishlari hamisha tilga olinadi va aslo unutilmaydi. Ular xotirasiga hurmat tariqasida haykallar... 01.03.2017, Sputnik O‘zbekiston
Tarixda iz qoldirgan buyuk shaxslarning merosi, amalga oshirgan ishlari hamisha tilga olinadi va aslo unutilmaydi. Ular xotirasiga hurmat tariqasida haykallar o‘rnatiladi, nomlari abadiylashtiriladi. 2017-yilda O‘zbekiston va Rossiyada kimlarning nomlari abadiylashtirilishi haqida fotolentamizda bilib olishingiz mumkin
Moskvada, shuningdek, Rossiya imperiyasi jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan, rus Sherlok Xolmsi deb tanilgan Arkadiy Koshko, Moskva va butun Rusning 16 patriarxi hamda mashhur ingliz dramaturgi Uilyam Shekspirga haykal o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
2016 yil 2-sentabrda vafot etgan, mustaqillik asoschisi, davlat arbobi, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga atab birato‘la ikki davlat - O‘zbekiston va Rossiyada haykallar o‘rnatiladi. O‘zbekistonda Toshkent va Samarqand shaharlarida, Rossiyada esa Moskvada Islom Karimov haykalini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Bu yil O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozovning 100-yillik yubileyi nishonlanadi. Ushbu tadbir doirasida Xorazmda Komiljon Otaniyozov nomi bilan atalgan zamonaviy ijod markazi yaratish va markaz hududida hofiz haykali o‘rnatilishi rejashtirilgan.
Erkin Vohidov 2016 yil 30-may kuni olamdan o‘tgan atoqli shoir va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidovga haykal o‘rnatiladi. Bu haqda 2016-yil 7-dekabrda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori e’lon qilingan. Hujjatda Erkin Vohidov o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qo‘shganligi ta’kidlangan.
2016 yilning 5-noyabr kuni vafot etgan shoir, O‘zbekiston madhiyasi muallifi Abdulla Oripovga Qarshi shahrida haykal o‘rnatiladi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari davomida O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haykali loyihasi bilan tanishdi. Davlat rahbari haykal loyihasini takomillashtirish, bu yerda Abdulla Oripov nomidagi maktab va uning ijodiga bag‘ishlangan muzey tashkil etish zarurligini ta’kidladi.
Moskvada mashhur rus adibi, dramaturgi, teatr rejissori va aktori Mixail Bulgakovga atab haykal o‘rnatiladi. Bulgakovning "Usta va Margarita", "Iturak", "Oq gvardiya", "Ivan Vasilyevich" kabi asarlari hali-hanuz o‘quvchilarni o‘ziga rom etib keladi.
Shu yil noyabrida rus bolalar adabiyotining asoschisi deb hisoblanuvchi yozuvchi va shoir Samuil Marshak tavalludiga 130-yil to‘ladi. Shu munosabat bilan Moskva shahrida, u yashagan uy yaqinidagi maydonda shoir haykali o‘rnatiladi.