Tramp maslahatchisi Oq uy mehmonlarini noqulay holatda kutib oldi

© AFP / Brendan Smialowski AQSh prezidenti maslahatchisi Kellienn Konvey Oq uydagi Oval kabinetdagi divanda
AQSh prezidenti maslahatchisi Kellienn Konvey Oq uydagi Oval kabinetdagi divanda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari rasmiy uchrashuvda bunday holatda o‘tirish qanchalik qoidalarga muvofiqligi yuzasidan qizg‘in muzokaralarni boshlab yubordilar

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. AQSh prezidenti maslahatchisi Kellien Konuey kutilmaganda kunning eng ko‘p muhokama qilingan shaxsiga aylandi.

​Gap shundaki, AQSh prezidenti Donald Trampning afroamerikaliklarga ta’lim beradigan oliygohlar rahbarlari bilan uchrashuvda ayol mehmonlarni rasmda muhrlangandek holatda kutib oldi, deb yozadi RIA Novosti.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari rasmiy uchrashuvda bunday holatda o‘tirish qanchalik qoidaga muvofiqligi yuzasidan qizg‘in muzokaralarni boshlab yubordilar.

​"Menda bu rasmga nisbatan beriladigan savollar bir talay, ammo eng asosiysi: nima uchun birov Kellienn Konueyga "divandan oyoqlaringni nari ol", deb aytmadi?", — deya o‘z e’tirozini bildirgan Twitter foydalanuvchisi Rex Huppke.

Konueyning bunday hatti-harakatiga ko‘pchilik "alternativ ahloq" deya izoh berishgan.

Konuey nima bo‘pti? AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning o‘zi ish stolida qanday qilib qulay joylashish mumkinligini ko‘rsatib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0