TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik muhojir baxtsiz hodisa tufayli hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz nashri.
Baxtsiz hodisa Peterburgdagi Viborgskiy tumanining "Severnaya dolina" turar joy komplekchi hududida yuz bergan.
Quruvchining jonsiz tanasi 25-fevral kuni "Severnaya Dolina" turarjoy kompleksi hududida topilgan. Voqea joyiga yetib kelgan mutaxassislar marhum jasadida balandlikdan tushib ketishdan so‘ng kuzatiladigan jarohatlarni aniqlashgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi 21-qavatdan tushib ketgan.
Bu fojiaga nima sabab bo‘lganini huquq-tartibot idoralari xodimlari tekshirmoqda.