O‘zbekiston yana bir donishmand shoiridan ayrildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishGullar
Gullar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yana bir shoiridan ayrildi

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Bu haqda o‘zining Feysbukdagi sahifasida O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron xabar qildi.

"Bir soatcha oldin Sirojiddin Ibrohim Termizdan qo‘ng‘iroq qilib, yozuvchi Mahmud Abulfayz Toshkentdagi kasalxonada olamdan o‘tganini xabar qildi. Yuragim zir titradi. Birdan Mahmud akaning Surxonning ardoqli shoiri Tesha Saydaliyevga bag‘ishlangan maqolasidagi so‘zlar yodimga tushdi: «Bu dunyoda shoirdan nima qoladi? Qolsa so‘z qoladi, boshqa hech narsa…» Mahmud akadan ham shak-shubhasiz So‘z qoladi. Yaratgan Egam ilohim bu ajoyib insonni rahmatiga olsin. Inna lillahi va inna ilayhi roji’un. Amin.", — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
2016-yil yo‘qotishlari: Yonimizdan o‘tdi Mangulik...
Mahmud Abulfayz 1953-yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakul’tetini tamomlagan. Viloyatdagi turli gazetalarda ishlagan. Bir necha kitoblari nashr qilingan.

O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron Mahmud Abulfayz haqida u "donishmand" shoir deb tilga olgan.

"Mahmud Abulfayzni uzoqdan bilib yurardim, viloyat gazetalarida bosilgan badialari-yu u haqda yozilgan maqolalarni o‘qiganman. Ammo, erta bahorda, 6 kun davom etgan Surxondaryo safarida yozuvchi bilan tanishib, suhbatu hangomalashib, uning "Insonni armon ulg‘aytiradi" to‘plami bilan tanishib, ulkan bir ijod olamini kashf etganday bo‘ldim.

"Mahmud Abulfayz kamgap, menga o‘xshab ko‘p gapirishdan, tinglashni ko‘proq ma’qul ko‘rgan inson ekan. Uning shaxsiyatida o‘zbek xalqining, turli viloyatu tumanlarida uchratganim, ko‘rganim, donishmand vakillariga xos fazilatlar namoyon edi", — deb yozadi shoir M.Abulfayz haqida o‘z "kutubxona"sida.

Yangiliklar lentasi
0